Goʻsht mahsulotlari va sut mahsulotlaridan isteʼmolga yaroqsiz deb topilgani oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilindi

Bugun AOKAda oʻtkazilgan brifingda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Alisher Safarov 2022-yili sohada amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
2022-yilda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan dunyo boʻylab hayvonlar orasida kelib chiqayotgan kasalliklarning mamlakatimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida chorva mollarining 35 mln 400 ming boshi kuydirgi kasalligiga, 19 mln 800 ming boshi oqsil kasalligiga, 2 mln 700 ming boshi qorason kasalligiga, 6 mln 800 ming boshi nodulyar dermatit kasalligiga, 8 mln 300 ming boshi hayvonlar chechagi kasalligiga, 12 mln 300 ming boshi brutsellyoz kasalligiga, 1 mln 300 ming boshi bradzot kasalligiga , 114,0 ming boshi leptospiroz kasalligiga, 7 ming 400 bosh tuyalar esa oʻlat kasalligiga, 28 ming 200 bosh quyonlar virusli gemorragik isitma kasalligiga, 10 mln 700 ming bosh parrandalar Nyukasl kasalligiga, va 2 mln 700 ming bosh roʻyxatga olingan it va mushuklar quturish kasalligiga qarshi profilaktik emlandi.
Shuningdek, 35,5 mln bosh chorva mollari ektoparazitlarga qarshi profilaktik ishlov berilib, chorva mollari saqlanadigan 1 mln 200 ta bino va inshootlarda dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari oʻtkazildi.
Amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar va koʻrilgan keskin choralar natijasida oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda qishloq xoʻjalik hayvonlari orasida oʻta xavfli yuqumli kasalliklar kuzatilmadi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlariga sotish uchun keltirilgan 3952 tn goʻsht 611,7 ming dona tuxum, 34747 tn sut va sut mahsulotlari laboratoriya tahlillardan oʻtkazilib, 25,2 tn goʻsht va sub mahsulotlar, 21,2 tn sut va sut mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz deb topildi va oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilindi.
Aholiga sifatli va xavfsiz goʻsht mahsulotlari yetkazib berish maqsadida joriy yil mobaynida respublika tuman va shaharlarida zamonaviy ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari soni 110 taga yetkazilib, Veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan soʻyilgan hayvon goʻshtlarining yagona elektron maʼlumotlar bazasi VIS-Billur tizimida ishlashlari yoʻlga qoʻyildi.
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida xorijiy grant mablagʻlari koʻmagida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasi, IFA va PSR laboratoriyasi shuningdek, markaz vivariysiga qiymati 1 mlrd 800 mln soʻmga teng boʻlgan zamonaviy laboratoriya uskunalari va jihozlar bilan qoʻshimcha taʼminlandi.
Yaratilgan imkoniyatlar natijasida 2022-yil davomida Davlat veterinariya xizmati tomonidan 120 mlrd soʻmga yaqin pullik veterinariya xizmatlari koʻrsatildi.
Bugungi kunda Qoʻmita tomonidan chorvachilikni rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ilgʻor xorijiy texnologiyalarni faol joriy etish, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida qator Xalqaro moliya institutlari ishtirokida umumiy summasi 441,9 mln AQSH dollariga teng mablagʻlar jalb etildi.
Shuningdek, Koreya Respublikasining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro tashkiloti (KOPIA) tomonidan Respublikada sut va goʻsht yoʻnalishidagi yuqori texnologik imkoniyatlarga ega 2 ta zamonaviy embrionlar transplantatsiyasi amalga oshirish markazini tashkil etish yuzasidan umumiy qiymati 7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan grant mablagʻlari;
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan Oʻzbekistonda veterinariya va chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida bajarilishi 2023-2024-yillarga moʻljallangan umumiy qiymati 2 mln Yevro miqdoridagi grant mablagʻlari;
Germaniya Federatsiyasining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi federal vazirligi bilan hamkorlikda bajarilishi 3 yilga moʻljallangan umumiy qiymati 1,5 mln yevroga teng boʻlgan “Chorvachilikda ozuqa yetishtirishni barqarorlashtirish” ilmiy-amaliy hamkorlik loyihalariga 2023-yil 4-yanvardan boshlab start berildi.
Aholini goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Respublikamizda jami 18 167 ta chorvachilik xoʻjaliklari mavjud boʻlib, shundan qoramolchilik yoʻnalishida 7 614 ta, qoʻy va echkichilik 3 263 ta, yilqichilik 142 ta, tuyachilik 52 ta, parrandachilik 1 298 ta, baliqchilik 4 829 ta, asalarichilik 715 ta va quyonchilik 254 tani tashkil etmoqda.
Joriy yilda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish uchun umumiy qiymati 9,7 trln. soʻmlik 2 031 ta loyihalar amalga oshirilib, 120 ming nafardan ortiq doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi.
Mazkur loyihalarga Xalqaro moliya institutlarining 150 mln dollar imtiyozli kreditlari hamda 30 mln dollar grant mablagʻlari jalb etildi.
Ushbu amalga oshirilgan loyihalar doirasida xorijiy davlatlardan 46 ming bosh naslli qoramol va 144 ming bosh naslli qoʻy va echkilar import qilindi.
Bundan tashqari yirik qoramolchilik yoʻnalishida 300 boshdan 500 boshgacha boʻlgan xoʻjaliklar soni 648 taga, 500 boshdan 1000 boshgacha boʻlgan xoʻjaliklar soni 256 taga, 1000 bosh va undan yuqori boʻlgan xoʻjaliklar soni 171 taga yetkazildi.
Shuningdek, paxta-toʻqimachilik va gʻallachilik klasterlari tomonidan 40 ta loyihalar amalga oshirilib, jami 26 ming bosh qoramollar parvarishi yoʻlga qoʻyildi.
“Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida 249 ta goʻsht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi xonadonlariga 19,6 ming bosh chorva mollari kooperatsiya usulida yetkazib berildi.
Aziz yurtdoshlar!
Qoʻmita tomonidan sohada malakali kadrlar tayyorlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tasarrufida 3 ta oliy taʼlim muassasasi, 3 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 5 ta Veterinariya meditsinasi texnikumlari, bitta akademik litsey va 2 ta Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyat yuritmoqda. Taʼlim muassasalarida 9 170 nafar talabalar tahsil olmoqda. Muhtaram Prezidentimizning sohaga boʻlgan yuksak eʼtibori natijasida joriy yilning 31-mart kunida imzolangan 187-son qaroriga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” etib qayta tashkil etildi.
Veterinariya va chorvachilik sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasida soha boʻyicha 80 dan ortiq xorijning nufuzli oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan
- Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi
- 2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-sentabr kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring