Gonkongda parranda grippining oʻta tajovuzkor turi aniqlandi

15:17 15 Yanvar 2021 Dunyo
475 0

Gonkongda ilk bor yuqimlilik darajasi yuqori boʻlgan H5N8 parranda grippi virusi aniqlandi. Bu haqda “South China Morning Post” gazetasi xabar berdi.

Ushbu shtamm Xitoy bilan chegaradagi “May Po” botqoq qoʻriqxonadagi yovvoyi qushlardan olingan namunalardan topildi. Olimlarning fikriga koʻra, virusni ushbu hududda qishlaydigan koʻchib yuruvchi qushlar olib kelgan.

Gonkongda 1997-yildan beri bir necha bor parranda grippi avj olgan. Biroq, H5N8 shtammi bu hududda birinchi marta aniqlandi. Shu munosabat bilan viloyat sanitariya xizmatlari parranda sotiladigan bozorlar ustidan nazoratni kuchaytirdi.

Maʼlumot uchun, 2-yanvar kuni Yaponiyada parranda grippi epidemiyasi qayd etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?