Gʻoliblar xalqaro festivalga boradi
Poytaxtimizda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar oʻrtasida shaxmat-shashka musobaqasi yakunlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi kubogi uchun oʻtkazilgan turnirning yakuniy bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan jami 28 nafar havaskor shaxmatchi va shashkachi gʻoliblik uchun dona surishdi.
Musobaqa yakunida shaxmat boʻyicha faxrli 1-oʻrin Andijon viloyati Boʻston tumanidan Mukimjon Muydinovga, shashka boʻyicha esa gʻoliblik Xorazm viloyati Xiva tumanidan Gavhar Saʼdullayevaga nasib etdi. Tanlov shartlariga koʻra gʻoliblar joriy yilning 2—9-sentyabr kunlari Ukrainada boʻlib oʻtadiganXalqaro sport festivali chiptasini qoʻlga kiritdilar. Tanlovning eng faol ishtirokchilariga diplom, esdalik sovgʻalari, shuningdek, yurtimizning goʻzal maskanlaridagi sihatgohlarga yoʻllanmalar berildi.
M. Xolmatova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring