“Gʻishtkoʻprik” postida Oʻzbekistonga toʻpponcha va harbiy anjomlar olib kirishga uringan shaxs toʻxtatildi

10:45 21 May 2024 Jamiyat
107 0

Toshkent viloyati “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali Oʻzbekistonga toʻpponcha va harbiy anjomlar olib kirishga uringan shaxs toʻxtatildi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonga oʻtish uchun bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan. Natijada uning yukxonasida bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona Makarov toʻpponchasi borligi aniqlangan.

Yukxonadan, bundan tashqari, 2 dona tigʻli sovuq qurol, turli xil harbiy anjomlar hamda 3 dona polietilen paketda quritilgan giyohlar topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер