Ginnesning rekordlar kitobi dunyodagi eng boʻyi uzun ayolni roʻyxatga oldi

01:09 14 Oktyabr 2021 Dunyo
903 0

Foto: Global Look Press

24 yoshli turkiyalik Rumaysa Gelgi dunyodagi eng boʻyi uzun ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Ayni paytda uning boʻyi 215,16 sm.ni tashkil etadi.

Qizning boʻyini gʻayritabiiy ravishda oʻsishi Uaver sindromi deb nomlanuvchi kam uchraydigan irsiy kasallik bilan bogʻliq. Shu bois u nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur. Shunga qaramay, Gelgi maxsus vosita yordamida qisqa sayrlarga chiqib turadi.

Gelgi uning rekordchi sifatida qayd etilishi kam sonli kasalliklar muammosiga jamoatchilik eʼtiborini qaratilishiga yordam berishidan umidvor.

«Oʻz potensialingizni biling va bor kuchingiz bilan harakat qiling shunda har qanday kamchilikni ustunlikka aylantirishingiz mumkin», deydi Gelgi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?