Gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratiladi

18:58 10 Yanvar 2023 Siyosat
1017 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi. Unga koʻra, 2023-yilda toʻqimachilik loyihalariga qoʻshimcha 300 million dollar yoʻnaltiriladi. Shuningdek, charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xom-ashyo boʻyicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi.

Bugun imzolangan yana bir muhim qaror bilan zargar tadbirkorlarga xom-ashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari berilmoqda.

Bu orqali ushbu tarmoqlarda 2,6 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirib, qoʻshimcha 4,5 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер