Gibrid usuldagi taʼlim shaklida oʻqituvchi ham maktab, ham uydagi oʻquvchiga dars oʻtishga qanday ulguradi? 

13:21 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
970 0

Shu kabi savollarga AOKA huzuridagi shtabda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda javob berildi.

Savol: Gibrid usuldagi taʼlim shaklida oʻqituvchi ham maktab, ham uydagi oʻquvchiga dars oʻtishga qanday ulguradi? 

Javob: Masofaviy shaklda taʼlim olayotgan oʻquvchilarning darslari “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslar orqali berib boriladi.

Bunda maktab oʻqituvchilarining asosiy vazifasi masofaviy taʼlimdagi oʻquvchilarning kundalik davomatini yuritish, “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslarda beriladigan vazifalarni tekshirib, bajarilishini nazorat qilib boradi.

Yaʼni maktabda dars bergan oʻqituvchi masofada taʼlim olayotgan oʻquvchiga alohida dars oʻtib bermaydi.

Taʼkidlash lozim, 18-avgustdan boshlab 1-11-sinflar uchun televizion darslarni tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan.

Onlayn darslarni tasvirga olish ishlariga jami 117 nafar respublikamizning eng malakali pedagoglari jalb etilgan.

Bundan tashqari ushbu darslar ustida 8 nafar surdo-tarjimon hamda 15 nafar muharrir ishlamoqda.

“Onlayn maktab” televizion darslari joriy yilning 14-sentyabrdan efirga uzatila boshlanadi.

Savol: Oʻqituvchilarning koronavirusga test topshirishlari va grippga qarshi emlash jarayonlari qay tarzda amalga oshiriladi? 

Javob: Oʻqituvchilarni koronavirusga test topshirish jarayoni hududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazlari tomonidan markazlashgan tartibda bepul tashkil etilyapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq respublikadagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining xodimlari 1-oktyabriga qadar bepul grippga qarshi emlanishi belgilangan.

Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi har bir taʼlim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash ishlarini oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?