Germaniyaning “Knauf” kompaniyasi “Shoʻrsuv” sanoat zonasida tadbirkorlik loyihalarini yanada kengaytiradi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi Shoʻrsuv dahasida qariyb 100 gektar maydonda joylashgan sanoat zonasida bugungi kunda 30 dan ziyod zamonaviy korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Istiqbolli loyihalar ishga tushirilishi hisobiga bu yerda gipskarton, qurilish gipsi, sement, pishiq gʻisht, keramik buyumlar, qora qogʻoz, ohak singari qurilish tarmogʻida talab yuqori boʻlgan yuzlab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilyapti.
Shuningdek, qulay investitsiya muhiti yaratilgani tufayli hududda Germaniya, Xitoy singari dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni tobora koʻpayib borayotgani eʼtiborga loyiq.
Germaniyaning “Knauf” kompaniyasi sanoat zonasida tashkil etilgan zavodi faoliyatini yanada kengaytirish loyihasini amalga oshirish niyatida. Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov shu maqsadda yurtimizga ishchi tashrif bilan kelgan kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniyaning boshqaruvchi hamkorlari Aleksandr Knauf hamda Uve Knotser “Shoʻrsuv” hududida joylashgan gips asosidagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida ekanligini taʼkidlashdi.
Aytish joiz, bundan ikki yil avval Germaniyaning qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida dunyoga mashhur “Knauf” kompaniyasi tomonidan mazkur hududda yurtimizdagi uchinchi zamonaviy korxona ishga tushirilgan edi. Umumiy qiymati 18,7 million yevro boʻlgan investitsiya loyihasi doirasida korxonada yiliga 17 million kvadrat metr gipskarton listlari hamda 40 ming tonna quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish quvvati yaratildi.
Yangi biznes-rejaga koʻra, bu yerda 2025-yili yillik qoʻshimcha 70 ming tonna gips hamda 2026-yilda qoʻshimcha 70 ming tonna quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring