Germaniyaning yirik neft va gaz kompaniyasi Rossiyani butunlay tark etishga qaror qildi

00:49 18 Yanvar 2023 Dunyo
1128 0

Illyustrativ foto

Germaniyaning “Wintershall Dea” neft va gaz kompaniyasi Rossiyadagi loyihalardan butunlay voz kechmoqda.

Yevropaning eng yirik xususiy nemis neft va gaz kompaniyasi “Wintershall Dea” Rossiyadagi loyihalardan butunlay voz kechishini eʼlon qildi. Bu haqda xolding saytidagi xabarda aytiladi.

“Wintershall Dea” kuzatuv kengashi kengashning Rossiyadan chiqish haqidagi qarorini maʼqulladi», deyiladi matnda.

Xabarda aytilishicha, Rossiyada faoliyatni davom ettirish maqsadga muvofiq emas. Kompaniya rahbari Mario Meren Rossiya Federatsiyasida qabul qilingan cheklovlar tufayli ushbu mamlakatni “qoʻshma korxonalarni iqtisodiy ekspropriatsiya qilishda” aybladi.

Kompaniyaning “Nord Stream AG” va “WIGA Transport Beteiligungs-GmbH & Co. KG” aksiyalarini sotishdan koʻrgan zarari jami 5,3 milliard yevroni tashkil qiladi.

Oʻtgan yilning 22-dekabr kuni Vladimir Putin «Gazprom»ga 2023-yilning 1-oktyabriga qadar Avstriyaning “OMV” va Germaniyaning “Wintershall Dea” kompaniyalaridan qoʻshma korxonadan gaz va xizmatlar sotib olishni taqiqlovchi farmonni imzolagan edi. Bu yerda gap tabiiy gaz, gaz kondensati yetkazib berish va ularni Yujno-Russkoye va Acimov konlarida ishlab chiqarish bilan bogʻliq xizmatlar uchun haq toʻlash haqida bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер