Germaniyalik ishbilarmon quyosh panellarini oʻrnatish va uning ostiga issiqxona qurishni taklif qildi.

23:44 30 Aprel 2024 Iqtisodiyot
408 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Farhod ESONOV/«Xalq soʻzi». Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Germaniyaning «NEWCADE Project Management» kompaniyasi direktori Mehmet Gediz oʻrtasidagi oʻzaro muloqot ikki tomonlama manfaatli boʻldi.

Germaniyalik ishbilarmon boʻsh yer maydonlarida yetti metr balandlikda quyosh panellari oʻrnatish hamda uning ostidagi maydonda issiqxona va boshqa loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, viloyat rahbari kompaniyaning takliflarini tinglab, koʻp yillik faoliyati oʻrganib chiqilganini taʼkidladi. Termiz shahri va Oltinsoy tumanida koʻp qavatli turar joylar qurish, qazilma boyliklarini oʻzlashtirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berdi.

«NEWCADE Project Management» kompaniyasi 35-yillik tajribaga ega. U qurilish va infratuzilma loyihalari boʻyicha arxitektura, dizayn va muhandislik xizmatlari hamda loyiha boshqaruvi xizmatlari va texnik maslahat sohasiga ixtisoslashgan.

Viloyat rahbariyati ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatilishidan mamnunligini bildirib, ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishda barcha zaruriy yordam va koʻmaklar koʻrsatilishini taʼkidladi.

Germaniyalik ishbilarmonlar tashrif davomida vohaning investitsion salohiyati, xalqaro savdo markazi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер