Germaniyada yuz bergan suv toshqini oqibatida halok boʻlganlar soni 164 nafarga yetdi

23:42 19 Iyul 2021 Dunyo
1054 0

Foto: Reuters

Germaniyada yuz bergan suv toshqini oqibatida halok boʻlganlar 164 nafarga yetgan.

Huquq-tartibot idoralari maʼlumotiga koʻra yana kamida 749 kishi jarohat olgan.

Reynland-Pfals federal yeridagi Altenaxr kommunasi meri Korneliya Vaygand hudud tabiiy ofat tufayli jiddiy zarar koʻrganini va bu yer uzoq vaqt davomida ichimlik suvisiz qolishidan tashvishda ekanini bildirgan.

“Kommunaning infratuzilmasiga shu qadar zarar yetganki, baʼzi joylarda bir necha hafta va hatto oylar davomida ichimlik suvi yetkazib berilmasligi mumkin”, deydi Vaygand.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatning toshqinlardan eng koʻp zarar koʻrgan hududlariga tashrif buyurib, jarohatlanganlar va favqulodda vaziyatlar xodimlari bilan suhbatlashgan edi.

Soʻnggi 20 yil ichida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan eng katta toshqin sifatida baholanayotgan ushbu tabiiy ofatdan Germaniyadan tashqari, Belgiya va Niderlandiya ham zarar koʻrdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?