Germaniyada kansler Olaf Sholsning isteʼfosini talab qilishdi

17:39 15 Iyul 2022 Dunyo
781 0

Foto: AP

Germaniyaning “Bild” gazetasi oʻquvchilari kansler Olaf Sholsning isteʼfosini talab qilishdi. 

Germaniya karbonat angidrid gazi chiqindilari uchun soliqni oshiradi degan maqolaga izohlarda “Twitter” foydalanuvchilari Shols va Bundestag siyosatini tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumat bunday xatti-harakatlari bilan mamlakat aholisi farovonligini xavf ostiga qoʻyadi.

«Biz tubsizlikka ketyapmiz, Shols esa u yerda turib, tomosha qilmoqda!», deb yozgan oʻquvchilardan biri @gold_silver0626 kanslerni qoralab. “Oʻrta sinf manfaatlarini koʻzlaydigan bitta siyosatchi bormi?”, deb soʻraydi ulardan yana biri @ody0401. “U va uning quvnoq partiyasi Germaniya va uning xalqiga qarshi harakat qilmoqda”, deb yozgan @JKolschewsk. “Federal hukumat isteʼfoga chiqsin”, deb yozdi foydalanuvchi @Martin_9494.

Baʼzi foydalanuvchilar Yashillar partiyasi ikkiyuzlamachilardan iborat ekanligini taʼkidlab, ularning asosiylari sifatida Shols va vitse-kansler, iqtisodiyot va iqlim muammolari vaziri Robert Xabekni koʻrsatishgan.

Avvalroq, Germaniya aholisining yarmiga yaqini Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi va Yevropa Ittifoqidagi keskin inflyatsiya tufayli kelayotgan qishda muzlashdan qoʻrqishini bildirgan edi. “Bild” nashrining yozishicha, respondentlarning 75 foizi narx oshishini ogʻir yoki oʻta ogʻir zarba sifatida tilga olgan. Ularning yarmi esa iqtisodiy ahvoli yomonlashgani haqida maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер