Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSH va Qozogʻistondagi savdo uylari tadbirkorlar boshqaruviga beriladi

17:33 18 Mart 2024 Siyosat
695 0

Prezident raisligida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni koʻpaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Muloqotda eksportni anʼanaviy bozorlardan yuqori narxda mahsulot sotib oluvchi davlatlarga yoʻnaltirish zarurligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari bu fikrni qoʻllab-quvvatlab, bunday bozorlar bilan ishlashni kuchaytirish muhimligini qayd etdi. Jumladan, Yaponiyada savdo uyini akkreditatsiya qilish va ijara toʻlovining kompensatsiya masalasini hal qilish topshirildi. Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSH va Qozogʻistondagi savdo uylari ham tadbirkorlar boshqaruviga beriladi.

Bundan tashqari, eksport uchun yangi istiqbolli bozorlar boʻlgan Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderland), Sindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar) kabi yirik port shaharlarda savdo uylarini ochish zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер