Germaniya va AQSH iqtisodiyotida inqiroz kutilmoqda — “Deutsche Bank” ekspertlari

00:53 16 Iyul 2022 Dunyo
744 0

Illyustrativ foto

Qayd etilishicha, 13-iyul kuni AQSHda iyun oyida isteʼmol narxlari oʻsishi tezlashganini koʻrsatuvchi maʼlumotlar eʼlon qilinganidan keyin bozorlarda jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Payshanba kuni yevro bilan paritet (tenglik)ga erishgan AQSH qimmatli qogʻozlari va dollarining oʻzgarishiga asoslanib, ekspertlar fyuchers bozorlari endi 2022-yil oxirigacha Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyotida inqirozning 100 foiz ehtimoli borligini taʼkidlashmoqda.

Tahlilchilar, shuningdek, Germaniya iqtisodiyoti 2023-yilda taxminan 1 foizga qisqarishini taxmin qilmoqda. Tabiiy gaz yetkazib berishning qisqarishi, AQSHdagi iqtisodiy tanazzul va boshqa salbiy omillar Germaniya yalpi ichki mahsuloti joriy yilning ikkinchi yarmida pasayishni boshlashiga olib keladi. Tahlilchilarga koʻra, rekord darajadagi inflyatsiya hali choʻqqiga chiqmagan.

Rossiyadan energiya yetkazib berishning qisqarishi Yevropada, xususan, Germaniyada ushbu davlat gaziga qattiq qaramlik tufayli xavotir uygʻotdi. Asosiy tashvish shundaki, Kreml “Shimoliy oqim 1” gaz quvurini taʼmirlashni bahona sifatida yetkazib berishni butunlay toʻxtatishi mumkin.

“Rossiya Gʻarb sanksiyalari hamda Ukrainani moliyaviy va harbiy qoʻllab-quvvatlashiga javoban Yevropadagi iqtisodiy faollikka putur yetkazish yoʻllarini izlashda davom etadi, deb taxmin qilish oʻrinli koʻrinadi”, deydi “Deutsche Bank” tahlilchilari.

“Bu, albatta, toʻliq yopilishni anglatmasligi mumkin. Ammo sanoat ishlab chiqarishiga taʼsir va iqtisodiy noaniqlik Germaniya iqtisodiyotini 2022-yilning ikkinchi yarmida inqirozga olib keladi”, deydi ekspertlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?