Germaniya tashqi ishlar vaziri poytaxtimizdagi nemis tiliga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdi

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekistonda tashrif bilan boʻlib turgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bugun Toshkent shahridagi nemis tiliga ixtisoslashtirilgan 60-maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Delegatsiya aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov va Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov hamrohlik qildi.
Maktab faoliyati bilan tanishish davomida oʻquv muassasasida olib borilayotgan taʼlim metodlari va oʻquvchilarning individual imkoniyatlarini yuzaga chiqarish borasida yoʻlga qoʻyilgan oʻziga xos taʼlim usullari haqida maʼlumot berib oʻtildi.
Tashrif doirasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok maktab oʻquvchilari bilan nemis tilini oʻrganish va uning oʻziga xos jihatlari, yoshlarning bugungi hayotiy maqsadlari va kelajak orzulari xususida suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring