Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi

Foto: AP
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok G7 tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvdagi chiqishi chogʻida Rossiyani butun dunyo boʻylab “oziq-ovqat urushi”da aybladi.
U Rossiyani don eksportini toʻsib qoʻyganlikda aybladi va oziq-ovqat inqirozi ham “gibrid urush”ning bir qismi ekanligini aytdi.
Berbokning taʼkidlashicha, G7 davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) bunga qarshi turishga tayyor va siyosiy javob berishga kelishib olgan.
“Biz yaqinlashib kelayotgan inqirozlarga qarshi turish va tezkorlik bilan harakat qilish masʼuliyatini oʻz zimmamizga olamiz”, deydi Germaniya tashqi ishlar vaziri.
Avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainadagi vaziyat natijasida oziq-ovqat, mineral resurslar va energiya narxining oshishi global oziq-ovqat inqiroziga sabab boʻlishi mumkinligini aytgan edi. Shu oʻrinda BMT Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Ukrainadan bugʻdoy eksporti uchun Qora dengiz portini ochishni soʻradi.
Mart oyida Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan berilgan eksport shartnomalari boʻyicha yetkazib berishlar mustasno tariqasida 31-avgustga qadar mamlakatdan don va shakar eksportiga taqiq qoʻygan edi.
Global qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan «Demeter» tahliliy markazining nuqtayi nazaricha, Rossiya bugʻdoyiga bir qator mamlakatlarda ehtiyoj borligini hisobga olinsa, ushbu davlat xalqaro maydonda muhim rol oʻynashda davom etishi shubhasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring