Germaniya aholisi sarosimada. Hukumat vahima qilmaslikka chaqirmoqda

02:31 21 Oktyabr 2020 Dunyo
277 0

Foto: REUTERS

Germaniyada pandemiyaning ikkinchi toʻlqini tufayli aholi orasida sarosima paydo boʻlgan. Xususan, yirik supermarketlar tarmoqlari maʼlum mahsulotlarga talab oshganini haqida maʼlum qilgan. Shu bois rasmiylar isteʼmolchilarni odatdagidan koʻp xaridni amalga oshirmaslikka chaqirmoqda, deyiladi "Deutschlandfunk" radiosi xabarida.

“Vahima qilish uchun hech qanday sabab yoʻq. Taʼminot zanjirlari meʼyorida ishlaydi. Kim zaxira yigʻishga harakat qilsa bu mantiqsizlik va birdamlik belgisi emas. Buning oqibatida oxir-oqibat koʻp narsa uvol boʻladi”, deydi qishloq xoʻjaligi vaziri Yuliya Klekner. 

Vazirning soʻzlariga koʻra, bahordagi vaziyatdan xulosalar chiqarilgan. Oʻshanda toʻplangan tajriba pandemiyaga qarshi kurashda samarali kurashda qoʻl keladi. 

“Davlat va biznes aholining uzluksiz taʼminotini qanday tashkil qilishni biladi”, deydi u.

Shu bilan birga, yangi holatlarni koʻpayishi hukumatni cheklov choralarini kuchaytirishga majbur qilmoqda. Masalan, Bavariyaning Berxtesgaden tumanida 20-oktyabrdan boshlab uydan chiqishga faqat jiddiy sabablar boʻlsa ruxsat beriladi. Bavariyada esa 14 kunlik karantin eʼlon qilindi. Bu noqulay epidemiologik vaziyat bilan izohlanmoqda. 

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Germaniyada 6-19-oktyabr kunlarida 72 395 yangi holat qayd etilgan va mamlakatda jami kasallanganlar soni 377 068 nafarga yetgan. 9 842 kishi ushbu infeksiya asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?