Germaniya 12 ming nafar harbiyni “COVID-19”ga qarshi kurashda shifokorlarga yordam berish uchun safarbar etmoqda

22:06 13 Noyabr 2021 Dunyo
771 0

Foto: Reuters

Yil oxirigacha Germaniya Mudofaa vazirligi pandemiya davrida fuqarolarga yordam beradigan 12 ming askarni safarbar qiladi. Bu haqda “Der Spiegel” xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, harbiylar yuklama ortib ketgan klinikalar va sogʻliqni saqlash boshqarmasiga yordam koʻrsatadi. Xususan, ular qariyalar uylari va shifoxonalarda vaksinatsiya qilish jarayoni va tezkor testlarni oʻtkazishda ishtirok etadi.

Noyabr oyi oxirigacha olti ming harbiy xizmatchi shifokorlarga yordam berishga jalb etilsa, dekabr oyining oxiriga kelib yana olti ming nafar harbiy xizmatchi ular safiga qoʻshiladi.

Avvalroq Germaniyada bir kunda 50 196 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani maʼlum qilingan edi. Bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan antirekord hisoblanadi. Bundan oldingi kunlik maksimal koʻrsatkich 39 676 kishini tashkil qilgan edi. 

Epidemiya boshlanganidan beri mamlakatda 4 894 250 kishida infeksiya qayd etilgan. “COVID-19” asoratlaridan 97 198 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?