“General Motors” nosozlik tufayli 6 million dona avtomobilni qaytarib oladi

Amerikaning “General Motors” avtomobilsozlik konserni nosoz xavfsizlik yostiqchalari bois 6 millionga yaqin transport vositasini qaytarib olmoqda. Ular Yaponiyaning “Takata” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan va konsernga yetkazib berilgan.
Tegishli bayonot avtokonsern veb-saytida eʼlon qilindi.
Kompaniya tomonidan taʼkidlanishicha, bu talab AQSH transport vazirligi huzuridagi Milliy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan qoʻyilgan.
"Ilmiy maʼlumotlar hamda tekshiruvlar natijalariga asoslanib, avtomashinalarni qaytarib olishni zarur deb hisoblamasakda, NHTSA (Milliy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi) ushbu mashinalardagi xavfsizlik yostiqlarini almashtirishimizni talab qildi", deyiladi bayonotda.
“General Motors” boshqarma xulosalariga norozi emasligini bildirgan.
“Biroq kompaniya NHTSA qarorini bajaradi va kerakli choralarni koʻradi”, deyiladi bayonotda.
Manbaga koʻra, bunday kamchiliklar quyidagi rusumlarda aniqlangan:
- Chevrolet Silverado HD (2007–2008-yillarda ishlab chiqarilgan).
- GMC Sierra HD (2007–2008 yillarda ishlab chiqarilgan).
- Pontiac Vibe (2003–2010 yillarda ishlab chiqarilgan).
- Saturn Astra (2008–2009 yillarda ishlab chiqarilgan).
- Saab 9-2X (2005–2006 yillarda ishlab chiqarilgan).
- Saab 9-3 (2006–2011 yillarda ishlab chiqarilgan).
- Saab 9-5 (2006–2009 yillarda ishlab chiqarilgan).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring