Gender va Yoshlar masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro forum oʻz ishini boshladi

10:07 28 Noyabr 2019 Jamiyat
894 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

2019-yil 28-noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “XXI asrda gender va yoshlar masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish“ mavzusida xalqaro forum oʻz ishini boshladi. Uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ochib berdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Anjuman ishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, BMT, YEXHT DIIHB, Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar, NNT vakillari, shuningdek xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Tadbirni ochar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva oʻz kirish soʻzida gender tenglikni taʼminlash va yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalari butun dunyoda uz dolzarbligini yukotmaganinn taʼkidlab oʻtdi. Bu bejiz emas, chunki gender tenglikka erishish va yoshlar salohiyatini roʻyobga chiqarish jamiyat hayotining barcha jabhalarida barqaror taraqqiyotga erishish uchun asosiy poydevor yaratib beradi. Mazkur yunalishdagi samarali siyosat umr koʻrish davomiyligi, taʼlim sifati, bandlik va umuman rivojlanishning belgilangan koʻrsatkichlariga erishishga koʻmaklashadi. Aynan shu sababli Oʻzbekistonda bu masalalar davlatimizning doimiy diqqat markazidadir.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Joriy yil da bu yoʻnalishda muhim sadamlar qoʻyildi. Jumladan, xotin - qizlarni har tomonlama qoʻllab - quvvatlashni nazarda tutuvchi “Xotin - qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi, “Xotin - qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi, Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, Oliy Majlis Senatida esa Xotin - qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi faoliyat boshladi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Soʻnggi yillarda yoshlar siyosati masalalari boʻyicha huquqiy baza ham takomillashtirildi. Jumladan, bu yunalishda 40 ta normativ - huquqiy hujjat, jumladan, 3 ta qonun, Prezidentning 5 ta farmoni va 8 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 18 ta qarori qabul qilindi. Yoshlar bilan bogʻlik deyarli 70 ta normativ - huquqiy hujjatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning oʻsib kelayotgan avlod salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi beshta muhim tashabbusini hayotga tatbiq etish boʻyicha izchil faoliyat amalga oshirilmoqda. Mamlakatda yoshlarning ijodiy rivojlanishi, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Forum ishtirokchilari xorijiy mamlakatlarda yoshlar manfaatlarini roʻyobga chiqarish, yoshlar tashkilotlari yetakchilarini oʻqitish va tayyorlash xalqaro dasturlarini amalga oshirish, Yevropa, Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridagi yoshlar siyosatini amalga oshirish tendensiyalari haqida ham xabardor etilmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Forum doirasida xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillari jamiyat va davlatni boshqarishda xotin - qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular manfaatlarini qoʻllab - quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yunalishlari, shuningdek Oʻzbekistonning xotin - qizlar va yoshlar tashkilotlari faoliyati, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash jarayonlarida ularning ishtiroki bilan tanishmoqdalar.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Xavfsiz mehnat migratsiyasini tartibga solish va taʼminlash, odam savdosiga qarshi kurashish, mazkur turdagi transchegaraviy jinoyatlar qurboni boʻlgan shaxslarni, shu jumladan xotin - qizlar va yoshlarni himoya qilish sohasida ham Oʻzbekiston Respublikasi soʻnggi uch yilda katta natijalarga erishgani taʼkidlandi. Jumladan. mamlakatimiz tarixida ilk bor “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida“gi Qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab - quvvatlash hamda huquqlari va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi, Mintaqada yagona boʻlgan va davlat tomonidan toʻliq moliyalashtiriladigan Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek. “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro migratsiya tashkiloti aʼzosiga aylandi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shu bilan birga, bu yunalishlarda keng koʻlamli ishlar olib borilayotganiga qaramay, siyosiy hayotda xotin - qizlar va yoshlarning ijtimoiy faolligi darajasi hali ham zamon talablariga javob bermaydi. Shu nuqtayi nazardan gender va yoshlar masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmasligi koʻplab ijtimoiy - iqtisodiy muammolar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Norasmiy mehnat migratsiyasi, majburiy mehnat, odam savdosi va boshqa salbiy holatlar shular jumlasidandir. Ushbu illatlarga barham berish masalalarida davlatlararo hamkorlik zarurligi taʼkidlandi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Xalqaro forum yakunlari boʻyicha bildirilgan fikrlarni hisobga olib, shuningdek jamiyat va davlat uchun gender, yoshlar va migratsiya masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish muhimligini eʼtiborga olib, tegishli tavsiyalar qabul qilindi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Saidjon Maxsumov,
“Xalq Soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?