“GDG” dasturchilar festivali boʻlib oʻtmoqda

14:52 12 Dekabr 2021 Jamiyat
539 0

Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Digital Generation Uzbekistan“ bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekiston” universitetida ”Google Developer Groups” dasturchilar festivali boʻlib oʻtmoqda. 

Festivalni oʻtkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

GDG festival butun dunyo boʻylab oʻtkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda tashkil etilgan. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilib, unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi soʻnggi texnologiyalar boʻyicha fikr almashildi. Tadbirda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham ishtirok etdi.

Bugun kun davomida turli taqdimotlar va mahorat darslari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?