Gʻazoda boʻlayotgan voqealarni tasvirlash uchun soʻzlarimiz tugayapti — BMT vakili
Foto: AFP
Isroil kuchlari chegara yoʻlaklarini yopib qoʻymoqda. Buning oqibatida aholi va kasalxonalarga zarur mahsulotlar yetib bormayapti.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligi Gʻazoning janubiy qismidagi aholi zich joylashgan Rafah shahriga oziq-ovqat yetkazib berish toʻxtatib qolganini maʼlum qildi. Bunga sabab Isroil kuchlari chegara yoʻlaklarini yopayotgani va xavfsizlik masalalari bilan bogʻliqligi aytildi.
Agentlikning seshanba kuni eʼlon qilingan bayonotiga koʻra, hududda 24 ta sogʻliqni saqlash markazidan atigi yettitasi ishlayotgani va soʻnggi 10 kun ichida Rafah va Karem Abu-Salimdagi yoʻlaklar yopilishi tufayli hech qanday tibbiy yordam yetib bormagan. Gumanitar vaziyat shu oy boshida Isroil askarlari Rafahga quruqlik operatsiyasi boshlaganidan soʻng yomonlasha boshlagan. Chegara oʻtish yoʻlining yopilishi nafaqat maʼlum shaharlarga, balki, butun falastinliklarga halokatli taʼsir qilishi mumkin.
«Gʻazoda boʻlayotgan voqealarni tasvirlash uchun soʻzlarimiz tugayapti. Biz buni falokat, dahshatli tush, yer doʻzax deb taʼrifladik. Hozir boʻlayotgan ishlar bundan ham yomon», — deydi BMT vakili.
Rasmiyning aytishicha, Misrdan Rafahga oʻtish yoʻlining yopilishi kamida 82 ming tonna yukning kirib kelishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Sogʻliqni saqlash idoralari maʼlumotlaridan maʼlumki, oxirgi bir sutka davomida anklav boʻylab 80 dan ortiq falastinlik halok boʻlgan.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken seshanba kuni prezident Jo Bayden maʼmuriyati Isroilning Rafahdagi yirik operatsiyasidan qattiq xavotirdaligini aytishiga qaramasdan, Oq uy Isroilga harbiy va diplomatik yordam koʻrsatishda davom etmoqda.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ham seshanba kuni Isroilni gumanitar yoʻlaklarning yopilishini bekor qilishga chaqirdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, boshqa joyga tibbiy yordam koʻrsatish uchun evakuatsiya qilingan 700 ga yaqin ogʻir kasallar urush zonasida, Gʻazo shimolidagi Al-Avda va Kamol Advan kasalxonasidagi bemor va shifokorlar esa qamalda qolib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring