Gʻazo sektori urushdan koʻrgan zarar miqdori hisoblab chiqildi

23:42 02 Aprel 2024 Dunyo
210 0

Foto: Reuters

Jahon banki va BMT Gʻazo sektori infratuzilmasiga yetkazilgan zararni 18,5 milliard dollarga baholamoqda.

Jahon banki va BMT 2023-yilning oktyabr oyidan beri HAMAS va Isroil oʻrtasidagi mojaro tufayli Gʻazo sektori infratuzilmasiga yetkazilgan zararni baholadi.

Xalqaro institutlarga koʻra, Gʻazoning muhim infratuzilmasiga yetkazilgan zarar miqdorini taxminan 18,5 milliard dollarni tashkil etadi.

«Bu miqdor 2022-yilda Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektori umumiy YAIMning 97 foiziga teng», — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Jahon banki va BMT Gʻazo sektoridagi vaziyatning 2024-yilda rivojlanishi prognozini berdi. Ular allaqachon yetkazilgan zarar haqidagi maʼlumotlar va rekonstruksiya shu yil oxirida boshlanadi degan taxminga asoslanib, iqtisodiy vaziyatning sezilarli darajada yomonlashishini bashorat qilishgan.

2023-yil oxirida BMT Gʻazo sektori aholisining yarmi qattiq ochlikdan aziyat chekayotganini bildirgandi. Gʻazo aholisining 50 foizi haddan tashqari yoki qattiq ochlikda, aksariyati toʻyib ovqatlanmayapti. Aholining 90 foizi muntazam ravishda kun boʻyi ovqatsiz oʻtiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?