Gʻayrat Fozilov Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi savdo boʻyicha komissari Kenan Poleo hamda Xalqaro savdo vazirligi bosh direktori E.Mitchel bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Oʻzbekiston – Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining 26-yigʻilishida ishtirok etish doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi savdo boʻyicha komissari Kenan Poleo hamda Xalqaro savdo vazirligi bosh direktori E.Mitchel bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirishning holati va ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari atroflicha koʻrib chiqildi.
Ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi. Oʻzaro tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri Britaniya sarmoyalari va ilgʻor texnologiyalarni jalb etishga tayyorlik bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring