Futzal boʻyicha jahon chempionati yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlash maqsadida Prezident qarori qabul qilindi

Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:
1) 2024-yilgi futzal boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
2) 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
Shuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika boʻylab «Trophy experience» futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida roʻyxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.
2024-yil avgust – oktyabr oylarida jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek, jahon chempionati oʻyinlariga chiptalari mavjud boʻlgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yoʻl chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring