Futbolda ham ishlaydigan tizim barpo etish kerak — Botir Zaripov

00:13 09 Yanvar 2021 Sport
585 0

8-yanvar kuni Buxoro futbol assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi.

Kongress kun tartibidan oʻrin olgan birinchi masalada Buxoro futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitildi. Shu bilan birga viloyat futbol assotsiatsiyasining 2021-yilgi byudjeti tasdiqlandi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti, qolaversa, Buxoro futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari saylandi. Unga koʻra, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov Buxoro viloyat futbol assotsiatsiyasi Prezidenti, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Aliyev Buxoro viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse prezidenti, Farrux Hamroyev Buxoro viloyat futbol assotsiatsiyasi I vitse prezidenti etib tasdiqlandi.

«Mana, yaqinda klubda oʻzgartirishlar qildik. Murabbiylar shtabini yangiladik. Koʻramiz, ular qanday natija koʻrsatisharkan? Biz barcha sohalarda boʻlgani kabi futbolda ham ishlaydigan tizim barpo etishimiz kerak», dedi Botir Zaripov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?