Futbol: Toshkentda U-23 Osiyo kubogi saralashiga qurʼa tashlandi, raqibimiz yana Saudiya Arabistoni
Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida 2022-yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bahslariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va nutq soʻzladi.
U-23 Osiyo kubogi saralash bahslarida qitʼamizning 42 davlati vakillari Gʻarb va Sharq mintaqalariga boʻlingan holda bahslarga kirishadi. Qurʼa natijasiga koʻra, jamoalar 11 ta guruhga boʻlingan holda 15ta yoʻllanma uchun kurash olib borishadi. Yaʼni, guruh gʻoliblari final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl olishsa, 2-oʻrin egalari orasida eng yaxshi natija qayd etgan yana 4ta jamoa ular safini toʻldiradi.
Soʻnggi 16-yoʻllanma esa mezbon sifatida Oʻzbekistonga taqdim etilgan. Shunga qaramay vakillarimiz saralash bahslarida ishtirok etishadi va yoshlarimiz ishtirokidagi oʻyinlar terma jamoamiz uchun final bosqichiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Saralash bahslari 23-31-oktyabr kunlari markazlashgan holda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi saralashda “D” guruhidan joy oldi. Quvayt davlati mezbonlik qiladigan mazkur guruhdan Saudiya Arabistoni va Bangladesh terma jamoalari ham oʻrin olgan.
U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi.
Gʻarb mintaqasi
“A” guruhi: Suriya, Qatar, Yaman, Shri-Lanka.
“B” guruhi: Eron, Tojikiston, Livan, Nepal.
“C” guruhi: Iroq, Bahrayn, Afgʻoniston, Maldiv orollari.
“D” guruhi: Saudiya Arabistoni, Bangladesh, Quvayt, Oʻzbekiston.
“E” guruhi: BAA, Ummon, Hindiston, Qirgʻiziston.
“F” guruhi: Iordaniya, Falastin, Turkmaniston.
Sharq mintaqasi
“G” guruhi: Avstraliya, Xitoy, Indoneziya, Bruney.
“H” guruhi: Janubiy Koreya, Singapur, Timor-Leste, Filippin.
“I” guruhi: Vmetnam, Mmyanma, Gonkong, Xitoy Taypeyi.
“J” guruhi: Tailand, Malayziya, Laos, Moʻgʻuliston.
“K” guruhi: KXDR, Yaponiya, Kambodja.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring