Futbol stadioni oldidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

20:31 04 Noyabr 2020 Jamiyat
312 0

2020-yil 22-oktyabr kuni soat 20:30da Surxondaryo viloyatida 21 yoshli Oʻ.J. va 18 yoshli Yu.X. jamoat joyi hisoblangan “Gulobod” mahallasidagi fuqaro S.N.ga tegishli futbol stadioni oldida oʻzaro janjallashib qoldi. Ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bezorilik qilib, bir-birlarini qoʻpol soʻzlar bilan haqoratlagan. Oʻ.J. qoʻlining mushti bilan Yu.X.ning bosh sohasiga urgan vaqtida Yu.X. yonida boʻlgan pichoq bilan Oʻ.J.ning koʻkrak qafasi orqa sohasi va chap bel orqa sohasiga hamda chap dumba sohasiga sanchib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, Oʻ.J., va Yu.X.larga yengil tan jarohati yetkazilgan.

"Mazkur holatda yuzasidan Muzrobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻ.J.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan va Yu.X.,ga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?