Futbol o‘yinidagi tortishuv janjalga aylanib ketdi
Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 6-avgust kuni soat 23:50 larda “Moxi-Xossa” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan S.R. ismli shaxs “Moxi-Xossa” dam olish sanatoriyasining sun'iy qoplamali futbol maydonida o‘zaro futbol o‘yini vaqtida tanishi 1996-yilda tug‘ilgan K.I. bilan janjallashib, janjal vaqtida uning jag‘ qismiga mushti bilan urgan.
Natijada jabrlanuvchi K.I. hushini yo‘qotib, boshining orqa qismi bilan beton qoplamali yer sathiga yiqilishi oqibatida bosh miya suyagining sinishi va miyasiga qon quyilishi kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring