Furqat Sidiqov Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni koʻp qirrali hamkorligini kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi muloqotga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʻlajak turli darajadagi qoʻshma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring