Furqat Sidiqov Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida vazirning birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi.
Muloqotda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston-Hindiston savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar toʻqimachilik sanoati, farmatsevtika, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, banklararo hamkorlik va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlarini koʻrib chiqdilar.
Mazkur masalalar yuzasidan Oʻzbekiston va Hindistonning tegishli kompaniya va tashkilotlari oʻrtasida yanada batafsil muzokaralar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Eksport turlarini kengaytirish, ijtimoiy rivojlantirish qoʻshma loyihalarini amalga oshirish masalalari alohida muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarda ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, yangi oʻzaro manfaatli va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga oʻzaro tayyorlik tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring