Furqat Sidikov Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv oʻtkazdi

2022-yil 1-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Savdo-iqtisodiy sohadagi Oʻzbekiston-Italiya hamkorligining amaliy jihatlari hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirish, uning barcha mumkin boʻlgan vositalaridan foydalangan holda muhokama qilindi.
Savdoni rivojlantirish, eksport hajmini oshirish va investitsiyaviy hamkorlikning yangi yoʻllari va imkoniyatlarini izlash boʻyicha ikki tomonlama saʼy-harakatlarning ahamiyati qayd etildi. Elchi oʻzbekistonlik hamkorlar bilan biznes aloqalarini oʻrnatish boʻyicha Italiya biznesining qiziqishi ortib borayotganini maʼlum qildi.
Oʻzbek mahsulotlarini Italiyaga eksport qilish hajmini oshirish uchun, birinchi navbatda, GSP+ Yevropa Ittifoqi preferensiyalari tizimi doirasida tovarlarni sertifikatlash va standartlashtirish, Oʻzbekistonda sanoat tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida malaka oshirish va tajriba almashish uchun italiyalik mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring