Fuqaroning oʻqishini koʻchirib berishni vaʼda qilgan talaba va uning sheriklari ushlandi

16:34 23 Avgust 2021 Jamiyat
625 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan DXXning Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirda, Namangan davlat universiteti talabasi A.Q. fuqaro A.ning oʻqishini Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetidan oʻzi taʼlim olayotgan universitetga vakolatlari tanishlari orqali koʻchirib berishni vaʼda qilib, evaziga 1 000 AQSH dollari va 5,3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, A.Q.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda, Universitet oʻqituvchilari M.A., undan keyin B.A. ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?