Fuqaroni oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan institut oʻqituvchisi pora bilan ushlandi
Ikki hududda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq poraxoʻrlik holatlari fosh boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.X. va O.R. fuqaro O.B.ni muqaddam Buxoro pedagogika institutida oʻqituvchi vazifasida ishlagan F.R. orqali ushbu institutga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda fuqaro F.R. tanishi R.Sh. orqali 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro Sh.N.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Fargʻona davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring