Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obroʻsizlantirmoqchi boʻlgan tovlamachi ushlandi

17:16 24 Noyabr 2022 Jamiyat
292 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.X.(muqaddam sudlangan) boshqa bir fuqaro A.J.ning qadr-qimmati va obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan video va fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborishi bilan qoʻrqitib, evaziga undan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?