Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlar orqali obroʻsizlantirmoqchi boʻlgan tovlamachi ushlandi

12:02 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
763 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVing Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. boshqa bir fuqaro N.ning qadr-qimmati va obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qoʻrqitib, evaziga undan tovlamachilik yoʻli bilan 30 mln. soʻm talab qilib, elektron toʻlov tizimi orqali tanishi D.ning plastik kartasiga 29,7 mln. soʻmni oʻtkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?