Fuqaroni 15 000 dollar evaziga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

15:05 01 Mart 2021 Jamiyat
307 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro L.Z.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishga ishontirib, evaziga 15 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?