Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi
Hukumat qarori (8-son, 06.01.2022-y.) bilan Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, quyidagi xizmatlar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (vakolatli organ) va davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi:
— Oʻzbekiston fuqarosi, Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati;
— Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish.
Shunga koʻra, murojaat etuvchi ID-karta olish uchun elektron soʻrovnoma toʻldiradi.
Vakolatli organ soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirib, ular toʻgʻri boʻlgan taqdirda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi.
Fuqaro 3 ish kuni ichida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlaydi.
Toʻlov amalga oshirilib, ID-kartani olish yuzasidan tegishli xabarnomani olgach, 3 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.
Vakolatli organ tomonidan talabnoma shakllantirilgandan soʻng murojaat etuvchiga 1 ish kunida ID-karta rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring