Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan senator soʻrovi yuborildi

11:30 29 Aprel 2021 Jamiyat
253 0

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Obid Zokirov koʻchasidagi koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat yoʻllangan.

Unda fuqarolar oʻzlari yashab kelayotgan ushbu uylarni yon atroflarini obodonlashtirish maqsadida archazor barpo etganliklari va hozirgi kunda mazkur maydonda tadbirkor J.Gaziboyev tomonidan koʻp qavatli turar-joy binolarini qurish ishlari boshlamoqchi ekanligi maʼlum qilingan.

Mazkur masala Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan nazoratga olindi.

Shu bilan birga, Qoʻmita fuqarolar va tadbirkor oʻrtasida vujudga kelayotgan muammo yuzasidan izoh soʻrab, Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga Senator soʻrovini yubordi.

Oʻrnatilgan tartibda ushbu murojaatga javob olingandan soʻng, holat yuzasidan batafsil axborot beriladi.

Nariman Umarov,
Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish
qoʻmitasi raisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?