Fuqarolarning oʻqishini koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

16:04 10 Yanvar 2023 Jamiyat
279 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan DXXning Gʻijduvon tuman boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan S.M. fuqaro J.S.ning oʻqishini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi Chimkent davlat universitetidan Buxoro muhandislik texnologiya institutiga koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro K.M. fuqarolar F.T. va N.B.ning Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalaridagi oʻqishlarini Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga jami 3 650 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 200 AQSH dollari va 1 mln soʻmni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?