Fuqarolar rahbarlar va mutasaddilar “koʻzini qoʻrqitib qoʻyish” maqsadida qoʻylarni hokimlik hududiga haydab kelgan — “Qoʻylar mojarosi” boʻyicha viloyat prokuraturasi izoh berdi

10:07 08 Aprel 2021 Jamiyat
467 0

Joriy yilning 6-aprel kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi bir qator fuqarolar tomonidan mahalliy hokimiyat binosi hududiga qoʻylarni haydab kelib, sodir etilgan norozilik namoyishi toʻliq oʻrganildi.

Oʻrganishlar natijasida, tumandagi “Qilichli” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yaylovlardan ijara shartnomalarisiz bepul foydalanish ilinjida mazkur yaylov maydonida 4 000 boshdan ortiq qoʻylar boqilayotganligi vaj qilib koʻrsatilib, klaster rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar “koʻzini qoʻrqitib qoʻyish” maqsadida fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan 1450 bosh qoʻylar tuman markazida joylashgan Nurobod tumani hokimligi hududiga haydab kelinganligi aniqlangan.

Shundan soʻng, viloyat prokurori Ravshan Masharipov, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi raisi Erkin Xayitov va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda keng jamoatchilik, OAV vakillari va oqsoqollar ishtirokida mahalliy aholi bilan uchrashib, qorakoʻlchilik tarmogʻida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha suhbat oʻtkazib, yaylovlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslari tushuntirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?