Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishning huquqiy asoslari

16:45 06 May 2022 Jamiyat
1058 0

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan mustaqil faoliyat boʻlib, uning asosiy vazifalari sifatida aholining kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Shu asnoda mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir – fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) ning navbatdagi saylovini joriy yilning may oyida oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi Qarori qabul qilingan.

Darhaqiqat, saylovlar amaldagi qonunchilikka rioya qilingan holda shaffoflik tamoyili asosida oʻtkazilsa, vujudga kelishi mumkin boʻlgan nizolar va qonunbuzilishlar bartaraf etiladi, natijada saylovchilarning ishonchi ortadi.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishning huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari R. Mahmudova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari T. Madumarov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatining kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi masʼul kotibi A. Boboyev, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Adliya vazirligi xodimlari, Oliy sud sudyalari, maʼmuriy sudlar sudyalari hamda videokonferensaloqasi vositasida joylarda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari aʼzolari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida mahalla oqsoqollarini saylash tizimidagi dolzarb masalalar va vazifalar atroflicha muhokama qilinib, tajriba almashildi. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) ga oid saylov tartibini masalasida tegishli tashkilotlar vakillari hamda mutasaddilar oʻz maʼruzalari bilan faol qatnashdi.

Tadbirda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar faoliyati, saylovni oʻtkazish tartibi va saylov jarayonining asosiy tamoyillari hamda bu borada amalga oshirilgan tashkiliy chora-tadbirlar, shuningdek, saylovga oid ishlarni maʼmuriy sudda koʻrish kabi mavzular muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?