Fuqarolar elektromobil sotib olish va Oʻzbekiston hududiga olib kirish uchun yigʻim toʻlashdan ozod etilishi mumkin

17:00 18 May 2021 Iqtisodiyot
1306 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdi.

Qonun loyihasi bilan elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻim toʻlashdan ozod etilishi nazarda tutilyapti.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi har bir shahar va tumanlarining oʻziga xos “oʻsish nuqtasi” deb aniqlangan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga 2024-yil 1-yanvarga qadar foyda va suv soliqlari boʻyicha 50 foizlik imtiyoz berilmoqda. Tadbirkorlar berilgan imtiyozlardan oqilona foydalangan taqdirda soliqlardan iqtisod qilingan mablagʻ hisobidan faoliyatini yana-da kengaytirish imkoniyati yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?