Fransuz velosayohatchisi va rejissyori Sedrik Tassan Oʻzbekiston turizmi haqida hujjatli film suratga olmoqda
Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan “Arts and Deserts” MCHJ turistik kompaniyasi koʻmagida Fransiyaning VTOPO nashriyot uyi ijodiy rahbari, professional velosayohatchi va rejissyor Sedrik Tassanning Oʻzbekiston boʻylab sayohati tashkil etildi.
Maʼlumot uchun, 2005-yilda asos solingan VTOPO nashriyot uyi tomonidan butun dunyo velosayyohlari va piyoda sayohat qiluvchilari uchun maxsus turistik qoʻllanmalar nashr etiladi.
Shu boisdan, VTOPO nashriyot uyi ijodiy rahbari, professional velosayohatchi va rejissyor Sedrik Tassan bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini Gʻarbiy Yevropa sayyohlari uchun keng targʻib qilish va ular oʻrtasida ommalashtirish maqsadida ikki tomonlama loyiha ishlab chiqildi.
Ushbu loyiha doirasida joriy yilda Fransiyada chop etiladigan turistik jurnalning Oʻzbekistonga bagʻishlangan maxsus soni uchun materiallar toʻplandi. Bundan tashqari Fransiyada namoyish etish uchun qisqa metrajli videokontent tayyorlandi.
Bugungi kunda Sedrik Tassanni Instagram, Facebook ijtimoiy tarmoqlarida hamda YouTube platformasida umumiy 100 000 dan ortiq obunachilari kuzatib boradi. Bundan unumli foydalanish maqsadida fransuz veloblogeri va rejissyori koʻmagida mamlakatimizning turizm imkoniyatlarini ochib beruvchi hujjatli film ham suratga olinmoqda.
Suratga olish ishlari Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirildi. Velosayohat va togʻ turizmi yoʻnalishidagi mazkur hujjatli film Fransiyada shu yozda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring