Fransiyada majburiy qayta vaksinatsiya joriy etiladi — OAV

23:25 25 Noyabr 2021 Dunyo
546 0

Foto: AP

Fransiyada 18 yoshdan oshgan fuqarolarga 27-noyabrdan boshlab koronavirusga qarshi vaksinaning qoʻshimcha dozasini qabul qilish taklif etilmoqda.

Vaksinaning uchinchi dozasini ikkinchi emlashdan besh oy oʻtgach olish mumkin boʻladi. Bu haqda mamlakat birdamlik va sogʻliqni saqlash vaziri Olivye Veran maʼlum qildi, deya xabar bermoqda France 24 telekanali.

Veranning taʼkidlashicha, 15-dekabrdan boshlab vaksinaning uchinchi dozasisiz, agar ikkinchi doza qabul qilinganiga besh oy oʻtgan boʻlsa, vaksina olganlik haqidagi sertifikatlar tan olinmaydi.

Fransiyada Covid sertifikatlari kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa jamoat joylaridan foydalanish imkonini beradi.

Avvalroq, Fransiyada 26-noyabrdan boshlab yopiq joylarda niqob taqish majburiyati qayta joriy qilinishi belgilangan edi.

Shuningdek, mamlakatda PSR testining amal qilish muddati qisqartirilmoqda. Yangi tartibga koʻra, salbiy natijali testning amal qilish muddati 72 soat oʻrniga 24 soat qilib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?