Fransiyada xavf ostida boʻlgan odamlarga maymun chechakka qarshi emlanish tavsiya etildi

20:46 08 Iyul 2022 Dunyo
893 0

Illyustrativ foto

Fransiya oliy sogʻliqni saqlash boshqarmasi xavf ostida boʻlgan odamlarga maymun chechakka qarshi emlashni tavsiya qildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkilot gomoseksuallarni, transgenderlarni va fohishalik bilan shugʻullanadigan shaxslarni xavf guruhlari vakillari sifatida tasnifladi.

Boshqarma virusga eng koʻp duchor boʻlgan odamlar guruhlariga yuqoridagi toifalarni kiritib, ularga profilaktik emlashni tavsiya qilgan.

Joriy yilning 5-iyul holatiga koʻra, Fransiyada maymun chechak bilan kasallangan 577 ta holat aniqlangan.

Oldinroq, Slovakiya sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi Dasha Rachkova mamlakatda maymun chechak bilan kasallanishning birinchi holati aniqlanganini maʼlum qilgandi.

Joriy yilning 23-iyun kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymun chechak tarqalishini pandemiya deb eʼlon qilib, ushbu infeksiyaga qarshi turish uchun davlatlar va global tegishli idoralarni zudlik bilan chora koʻrishga chaqirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?