Fransiya taraqqiyot agentligi xalqaro konsultantlari – Namanganda

Foto: Xalq so‘zi
Xabaringiz bor, Prezidentimiz shu yilning 21-22-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiya davlatida boʻldi va oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlari oʻtkazildi. Xususan, davlatimiz rahbari Parij shahrida Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riuni qabul qilib, Oʻzbekiston va ushbu agentlik oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalar bilan boyitish masalalari koʻrib chiqildi.
Eʼtiborlisi, mazkur tashrif natijalari Namangan viloyatida ham oʻzining dastlabki amaliy ifodasini namoyon eta boshladi.
Kuni kecha Namangan viloyat hokimi Shavkat Aburazzoqov Fransiya taraqqiyot agentligining urbanizatsiya va shaharlarni rejalashtirish masalalari boʻyicha xalqaro konsultantlari – janob Giyom Jos va Sharlotta Byure xonimni qabul qildi.
Agentlik vakillari viloyatning iqtisodiy salohiyati, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, kichik sanoat zonalariga tashrif buyurdilar. Ayni jarayonda Davlatobod tumani hududida yangi shaharsozlik namunasi asosida qad rostlayotgan “New Namangan City” loyihasi, RK-1 qozonxonasi, “Orzu Ideal tekstil”, “Iftixor kiyim sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar hududning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotini, demografiyasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda Bosh reja tuzish yoʻnalishida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini yuqori baholadilar.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring