Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Foto: Халқ сўзи
Fransiya poytaxtida 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari va professorlarni jamlagan “Campus France–2022” hamda Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Forumni “Campus France” tashkiloti rahbari Donaten Issard xonim kirish soʻzi bilan ochib, taʼlim sohasida yaqindan hamkorlik oʻrnatish maqsadida tashrif buyurgan Oʻzbekiston delegatsiyasiga alohida minnatdorlik bildirdi. Soʻzga chiqqanlar ikki davlat hamkorligi, jumladan oliy taʼlim sohasidagi aloqalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov uchrashuv har ikkala tomon uchun ham gʻoyat muhim va ahamiyatli ekani, oʻz navbatida, ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik yildan yilga kengayib, mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.
«Ushbu forum universitetlararo yangi toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar bogʻlash, kadrlar tayyorlash, taʼlim va ilm-fan sohalarida olib borilayotgan jarayonlar borasida fikr-mulohaza va tajriba almashishga xizmat qiladi, – dedi A.Toshqulov.
Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xalqaro hamkorlikda 100 dan ortiq xorijiy, jumladan AQSH, Germaniya, Rossiya, Belorus, Gollandiya, Isroil, Italiya, Finlyandiya, Chexiya, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi davlatlarining nufuzli universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatib, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlab kelmoqda.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari Fransiyaning Parij xalqaro moda akademiyasi, “Vatel” mehmonxona va turizm biznes maktabi, ENAC (ENAK) Milliy aviatsiya maktabi, Panteon-Sarbonna, Strasburg, Serji Pontuaz, Bordo, Puate, Lotaringiya universitetlari bilan samarali hamkorlik qilmoqda.
Forum ishida universitetlararo ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish boʻyicha samarali munozara, tajriba almashish va istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring