Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi

13:10 27 Iyun 2022 Jamiyat
445 0

Hukumat qarori bilan (346-son, 24.06.2022-y.) Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.

Quyidagi hollarda yigʻim toʻlanmaydi:

— sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishda;

— roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar qaytadan koʻrib chiqilganda.

Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yigʻim toʻlamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер