Fraksiya rahbari partiya roʻyxatini shakllantirishda har uchta nomzodning bir nafari ayol kishi boʻlishi lozimligi haqidagi normaning belgilanayotganini qoʻllab-quvvatladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.
Ayrim deputatlar ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Zuhra Ibragimova soʻz olib, siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi qatʼiy belgilanayotgani siyosiy partiyalarning parlamentdagi roli va oʻrni oshishiga xizmat qilishini alohida eʼtirof etdi.
Shuningdek, fraksiya rahbari partiya roʻyxatini shakllantirishda har uchta nomzodning bir nafari ayol kishi boʻlishi lozimligi haqidagi normaning belgilanayotganini qoʻllab-quvvatladi hamda deputatlarni mazkur qonun loyihasini konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring